Eng birinchi toʻliq avtomatlashgan biznes
Ushbu maqolada tarixda ilk bor qaysi biznes toʻliq avtomatlashib, unda inson omili umuman qatnashmay mahsulot tayyorlangani haqida bilib olasiz.

Tasavvur qiling, biznesingizda mahsulot tayyorlash butunlay avtomat tarzda amalga oshadi. Mahsulotingiz tayyor boʻlguncha inson omili deyarli qatnashmaydi.
“Bu hozir fantastika emas, qancha texnologiya va robotlar bor” deyishingiz mumkin. Ammo bu gap hozir haqida emas.
Bundan bir necha asr oldin, aniqrogʻi 1780-yillardayoq toʻliq avtomatlashtirish amalga oshirilgan edi. Bu qaysi biznes turida roʻy bergan edi?
Amerikalik mashhur ixtirochi, muhandis va tadbirkor Oliver Evans 1784-yilda dunyoda birinchi marta uzluksiz ishlab chiqarish liniyasini ixtiro qilgan.
U anʼanaviy tegirmonlarni mexanik vallar, tishli g‘ildiraklar va lentalar orqali harakatga keltirib, odam qo‘li tegmasdan ishlaydigan tizimni shakllantirdi.
Hatto AQShning birinchi prezidenti Jorj Vashington ham ushbu tizimga qoyil qolib, uni o‘zining Mount-Vernondagi shaxsiy tegirmoniga o‘rnatgan.
Ushbu qurilma un ishlab chiqarish xarajatlarini 50% gacha kamaytirdi va ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni keskin qisqartirdi.